áåñïëàòíî ðåôåðàòû
 

Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà

manbalari yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz

tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali bo’ldi. Qamal tufayli Germaniya

oziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning o’zidagi zaxiralari bilan

kifoyalani9shga majbur bo’ldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun

yetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u o’z mustamlakalari

manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.

Rossiyadagi ahvol juda og’ir edi. Uning hom – ashyosi va inson

manbalari yetarli bo’lsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali

foydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining tamomila izdan

chiqqanligi, harbiy idoralardagi o’g’rilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy

tuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va

siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.

Bolgariyaning urushga qo’shilishi

Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi kurash bilan birga

Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning ahmayati

katta edi. Birinchidan Bolgariya eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan

o’zining qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham

Greciyaga va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar

Bolgariya Germaniya tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida

qolar edi va Ruminayaning Antantaga kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar

Bolgariya Antantaga qo’shilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi

va Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.

Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim

orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning

dastlabki kunlaridan bolgariyani o’ztaraflarida urushni boshlashga harakat

qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov shuning uchun ham

Bolgariyani Rossiya tarafiga og’dirish uchun ko’p zo’r berdi. Antanta

Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham

bo’lsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni

qaytarib berishga ko’ndirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab

serb va grek hukumatlariga Bolgariyaga ba’zi bir yon berishlarga borishini

so’rab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni so’rash mantiqqa to’g’ri

kelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya

tarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa Greciya Bosh vaziri

Venizelos Antanta tarafdori bo’lsa-da, Greciya urushga o’zining ashaddiy

dushmani bo’lgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga kirmasligi aniq

edi.

Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va

neytral Greciyaning axvoliga ko’ra uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh

vaziri Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning

evaziga agar Antanta g’alaba qozonadigan bo’lsa, Serbiya Avstriyaga

tegishli bo’lgan bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi

kerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani ko’ndirish juda

qiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani

talab qilayotgan edi.Bunga serblar “Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga

berguncha, butun Serbiyani Avstriya bergan maqul “ deb javob berdilar.

Germaniyaning Bolgariyadagi ta’siri juda katta edi.qirol Ferdinand

ularning tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya

Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va

uning ittifoqchilari Bolgariyaga butun Makedoniyani, eski Serbiyani va

agar Ruminiya Antantaga qo’shilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga

vada berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya

neytral vaziyatda qolishni afzakl topdi.

Bolgariya uchun bo’lgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning

o’zgarishi hal qildi. Dardanel operaciyasining mag’lubiyatga uchrashi, rus

armiyasining sharqiy frontdagi og’ir mag’lubiyati va Avstriya va Germaniya

qo’shinlarining Serbiyaga qarshi katta qo’shin yuborishi ham bolgar hukmron

doiralarining qo’rquvini bosdi. Qirol Ferdinand va uning tarafdorlari

katta o’ljalar vada berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bo’lgan

Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni

Turkiya – Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-

Vengriya o’rtasida o’zaro ittifoqchilik to’g’risida shartnoma imzolandi.

Shunday qilib “To’rtlat ittifoqi” tuzildi.

Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi?

Germaniya tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga

saylovlar natijasida hukumat tepasiga yana Venizelos keldi. O’sha yili

sentyabrda Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tug’ilganda grek

bosh vaziri Serbiyaga yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun

ittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jo’natishlari

kerak edi.

Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo

francuz qo’mondoni Joffer bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Aytilgan

qo’shinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar o’rtasida

muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni

lavozimidan ozod etdi va Greciya yana o’z neytralitetini e’lon

qildi.Salonikiga hali bor yo’g’i 80 ming kishilik armiya tashlangan edi.

Bundan foydalangan Bolgariya qo’shinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum

qildi. Bir paytning o’zida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya

qo’shinlari hujumga o’tdi. Ittifoqchilarning Salonikidagi qo’shinlari

Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi to’la mag’lubiyatga uchradi

va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.

Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya

Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning

natijasida Yaponiya Germaniyaning Xitoydagi va Tinch okeanidagi

mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi

jangga tayyorlana boshladi.

!914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon

siyosatining mazmunini ommaga anglatish uchun nutq so’zladi. 1914 yil 15

avgust kuni Yaponiyaning Germaniyaga qo’ygan ultimatumiga ko’ra Yaponiya

o’sha paytda Germaniyaga tegishli bo’lgan Czanchjouni Xitoyga qaytarib

berish maqsadida olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif

Germaniyaga faqat mojaroning tinch yo’l bilan hal qilish umidida

qilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga ko’nmadilar va “endi

Czanchjou taqdiri urush tugagandan so’ng hal qilinadigan bo’ldi.Yaponiya

hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat olgani

yo’q.” [1]

Umuman olganda Yaponiya Uzoq Sharqda faqat Germaniya yerlari bilan

cheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan

edi.1915 yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi

jo’natiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga 5 qismdan iborat bo’lgan 21 moddali

talablari joy olgan edi.

Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan

Yaponiya tasir doirasiga aylantirishni ko’zda tutar edi. Bu gurux

talablarning eng muximida shunday deyilardi:”Xitoy hukumati Shandun

provinciyasi borasida Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidan

qat’iy nazar ilgari Germaniya bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalar

sababli hamma shartlarga to’la rozilik berish majburiyatini oladi.

Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan

taqdirni sharqiy Mo’g’uliston, Janibiy Manjuriya boshiga solishni nazarda

tutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yo’llarining

ijaraga olish muddati yana 99 yilga cho’zilishi ko’zda tutilgan edi. Undan

tashqari yapon fuqarolari Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mo’g’ulistonda

yangi yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin ko’chib kelish va u

yerlarda sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shug’ullanish huquqini

olar edilar. Xitoyga tog’-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berish

taklif qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbu

hududlarda temir yo’llar qurilishi bo’yicha boshqa davlatlarga

koncessiyalar bermaslik majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy

Yaponiyaga Girin – Chanchun temir yo’lini nazorat qilish va boshqarishni

topshirishi kerak edi.

Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta

imtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi,

ko’mir-metallurgiya kombinatini aralash xitoy-yapon jamiyatiga

aylantirish mo’ljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy o’z

tashabbisi bilan bu kompaniyaga berilgan haq-huquqular va mol-mulkdan

foydalanoshi taqiqlanadi va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgacha

berilishi kerak edi.Xanyonin kompaniyasiga uning korxonalari atrofida

joylashgan tog’-kon resurslaridan foydalanishga monopol huquq berilgan edi.

To’rtinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida

Xitoyning hududiy yaxlitligini taminlash haqida gap borar edi. Aslida esa

bu Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.

Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbu

talablarning qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabul

qilishni anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar:”1-modda. Xitoy

hukumati muhim iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar bo’yicha yapon

mutaxasislarini maslahatchi tarzida taklif qiladilar.” 3-modda.”Xitoyning

markaziy joylarida policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishi

yoki u yerda policiyachilar asosan yaponlardan iborat bo’lishi kerak .” 4-

modda.”Xitoy Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bo’lgan malum miqdordagi

qurol-aslaha sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning

o’zida yapon-xitoy arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan texnik

ekspertlar taklif qilinishi va yapon materiallari sotib olinishi mumkin.”

Huddi shu yerda Xitoyning Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasiga

kiritishni nazarda tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulay

geostrategik nuqtada joylashgan bo’lib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinni

susaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yapon

fuqarolari missionerlik faoliyati bilan shug’ullanish erkinligini beruvchi

modda ham bor edi.Agar Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy

Yaponiyaga to’la ravishda bo’ysundirilar edi.

AQSh Yaponiyaning Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi.

Shu maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam ko’rsatdi. 1915 yil mart oyida

AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan

qo’yilgan talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.

Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga o’z javobini aytishga shoshilmas

edi.Buning sababi o’laroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qator

joylarda o’z qo’shinlarini kuchaytirdi.

Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi

yapon-german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini so’radi. Buning

javobi tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning Xitoyga nisbatan

ultimatumi e’lon qilindi.Unga ko’ra agar Xitoy Yaponiya qo’ygan

talablarga rozi bo’lmasa, unda Yaponiya o’zi joiz deb bilgan istalgan

chorani qo’llashini aytdi. Ammo Amerikaning aralashuvidan hadiksirab

Yaponiya beshinchi gurux talablaridan voz kechdi. Faqatgina Funczyan

provinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.

AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi bo’ldi.

Ammo na Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida Yaponiya

bilan janjallashishni istamas edi. 8 may kuni Xitoy ultimatum shartlarini

qabul qildi.

Oradan bir necha kun o’tmasdan AQSh Tokioga shuni habar qildiki, AQSh

hukumati Xitoy va Yaponiya o’rtasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu

shartnoma AQSh manfaatlariga to’gri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma

millatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh amalda Xitoyga yordam

berish uchun hech qanday choralar qo’llamadi.

Birinchi jahon urushining yakunlanishi

Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur

bo’ldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda Brest-Litovsk shaxrida Germaniya

bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta

mavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal

qiluvchi zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy

Yevropani o’z nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-

ovqatidan foydalanish, o’zining barcha qurolli kuchlarini g’arbiy frontda

to’plashga erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar,

tomonlarning hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi.

Front chizig’ining har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiya

soxillaridagi Nyu-Port shaxridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va

Verdengacha cho’zilgan edi.Ko’plab qurbonlar berilishi va zaharlovchi

moddalar hamda tanklar singari yangi qurol turlaridan foydalanishga

qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat qozonish uchun jon-

jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi.

Germaniya qo’mondonligi jangni g’olibona ta’sirchan zarba bilan

yakunlashga qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qo’shinlari Antanta

mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib,

Antanta qo’shinlari mudofaasini yorib o’tdilar va Marna daryosi sohillariga

chiqdilar. Uzoqqa otadigan to’plar bilan Parijni o’qaa tutdilar. Ammo

muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa

olmadi.Mamlakat holdan toygan, armayaning harbiy ruhi cho’kkan, xalq

urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQSh dan to’xtovsiz yordam

olib turardi. AQSh “shartnomaga qo’shilgan mamlakat” sifatida 1917 yil

aprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi

ma’lum bo’lib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda hujumga

o’tadilar va nemis qo’shinlari bosib olgan Belgiya va Franciya hududidan

siqib chiqara boshladilar.

Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi.

Germaniyaning g’arbdagi fronti yorib o’tildi va Antanta qo’shinlari uchun

Germaniya hududiga yo’l ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlarida

ittifoqchilarning ko’p millatli ekspediciya korpusi bolgar qo’shinlari

mudofaa chiziq’ini yorib o’tdi va oktyabrda Dunay soxillariga

chiqdi.Avstriya qo’shinlari Vitoriyo Veneto yaqinida 1918 yil sentyabrida

mag’lubiyatga uchradilar. Germaniya boshchiligidagi To’rtlat ittifoqi

harbiy jihatdan mag’lub bo’lib, tarqalib ketdi.

Germaniya oliy qo’mondonligi shundan keyen mag’lubiyatdan qochib

qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni o’z qo’lida tutgan

Germaniya bosh shtabi boshlig’i general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy

mag’lubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash

yo’llarini qidira boshladi. Kelajakda mag’lubiyat mas’uliyati harbiylarga,

armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun

bu ishni hal qilishga hozir bo’lgan fuqaro shaxslar, diplomatlar va

amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulx tuzulishini talab qilmoqda

edi. Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilson

muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib

borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish

taklifini qat’iyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu taklifini

qabul qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni

yo’qlab chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy hukumati

tuzildi.U Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo

Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning

avtoritar tartiboti vakili edi.

Bu orada Antanta qo’shinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar

va Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bo’la boshladi.

1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan

ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin e’lon

qilindi.

28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi e’lon

qilindi. (1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina

Ukrainaga, Galiciya Polshaga qo’shliganligini bildirdi

31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar ag’darib tashlandi

hamda Avstriya va Vengriya respublikalari tuzildi. Ular Antanta

mamlakatlari taklif etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.

1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda

Avstro-Vengriya taslin bo’ldi.30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv

bitimiga ko’ra, uning qo’shinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi,

turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostiga

o’tishi lozim edi.

1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini

imzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qo’shinlar qo’mondonligi

Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasini

boshlash haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi

1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika e’lon qilindi.Oradan ikki

kun o’tgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen o’rmonida,

Yevropadagi Antanta qo’shinlari bosh qo’mondoni francuz marshali Foshning

vagon qarorgohida Germaniya hay’ati o’z hukumati nomidan yarashuv haqidagi,

amalda Germaniyaning mag’lubiyati borasidagi bitimni imzoladi.

Xulosa

Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosan

urushayotgan mamlakatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har bir

davlatning hoh u yirik bo’lsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelgan

ba’zi bir qulay vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urush

davomida va ungacha bo’lgan paytda asosan ikki blok Antanta va Germaniya

boshchiligidagi blokning o’zlariga ittifoqchilar axtarish, urushning

borishini o’z foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealar

qanday rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech bir

urushyotgan davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlat

qatnashib, ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan

oshdi.Qurbon bo’lganlar va yaralanganlar soni esa 18 million kishini

tashkil etdi.

Foydalangan adabiyotlar

1. “1914 yil 1 avgust”, Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.

2. “Yangi va eng yangi tarix”, Popov E. I., Moskva.

3. Yevropa tarixi,Koll. avtorov.,M.,1986-1996

4. Eng yangi tarix XX asr, Kreder A.A, M., 1996

5. Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000

-----------------------

[1] “Mejdunarodniyi otniosheniya…”,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.

Ñòðàíèöû: 1, 2


ÈÍÒÅÐÅÑÍÎÅ



© 2009 Âñå ïðàâà çàùèùåíû.